Новости

Последние новости

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
Fuqaroning uy-joy sharoitini yaxshilash masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Nazarova tomonidan o‘z saylov okrugi hududida joylashgan “At-Termiziy” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli ijtimoiy va maishiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tartibda amaliy choralar belgilandi.

Jumladan, Bog‘i Atirgul ko‘chasi, 22-uyda yashovchi fuqaro M.Mamajonova xonadonining ta’mirtalab holatda ekanligi va uy-joy sharoitini yaxshilash zarurligi yuzasidan murojaat qildi.

Mazkur murojaat yuzasidan deputat tomonidan mahalla ijtimoiy xodimasi bilan birgalikda oilaning ijtimoiy holati va uy-joy sharoiti o‘rganildi. O‘rganish davomida oilaga mavjud ijtimoiy ko‘mak mexanizmlari, jumladan, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali uy-joyini ta’mirlash uchun yordam olish imkoniyatlari tushuntirildi.

Oila uchun zarur bo‘lgan hujjatlar tegishli tartibda shakllantirilib, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali uy ta’miri bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun tizimga kiritildi.

Mazkur murojaat deputat nazoratiga olinib, oilaga zarur amaliy ko‘mak ko‘rsatilishi va murojaat natijasi bo‘yicha tegishli ishlar davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3