Новости

Последние новости

янв.21
👨‍👩‍👧‍👦 IJTIMOIY REYESTRDAGI XONADONLARDA BANDLIK MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
🏫 40-SON MAKTAB FAOLIYATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO'CHAMA KO'CHA AHOLI MUAMMOLARI XONADONBAY O‘RGANILMOQDA
янв.21
📚 TA’LIMGA JALB ETISH — IJTIMOIY HIMOYANING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI TO'G'RISIDA
янв.21
🇺🇿 DAVLAT DASTURI DOIRASIDA 24/7 XIZMAT KO‘RSATISH LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
📊 KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MANZILLI YONDASHUV
янв.21
📊 XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH: SAMARADORLIK VA NATIJADORLIK
янв.21
⚡️ SESSIYA OLDI: TUMAN ETK RAHBARI HISOBOTI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
🏘 MFY RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Buni_bilasizmi
#162_ta_qonun
📢 DAVLAT SOLIQ XIZMATI ORGANLARINING ASOSIY VAZIFALARI


O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi 474-I-son Qonuni 4-moddasiga muvofiq, davlat soliq xizmati organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

🔹 davlat soliq siyosatini amalga oshirish hamda soliq qonunchiligiga rioya etilishi, soliqlarning to‘g‘ri hisoblanishi va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni ta’minlash;
🔹 soliqlarning Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘liq hamda o‘z vaqtida tushishini ta’minlash;
🔹 soliq to‘lovchilar va soliq solish obyektlarini o‘z vaqtida hamda ishonchli hisobga olish;
🔹 soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliqlar yig‘ilishini oshirish va zamonaviy soliq nazorati usullarini joriy etish;
🔹 soliq huquqbuzarliklarining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish;
🔹 soliq to‘lovchilar bilan ishlashni takomillashtirish, ularga elektron xizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirish;
🔹 soliq to‘lovchilarga o‘z soliq majburiyatlarini bajarishda har tomonlama ko‘maklashish;
🔹 soliqlarni ixtiyoriy ravishda to‘lashni rag‘batlantirish hamda soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish;
🔹 tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rag‘batlantirish, ularga imtiyoz va preferensiyalar berish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
🔹 bozorlar va savdo komplekslarida soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
🔹 davlat budjetini shakllantirish masalalarida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qilish;
🔹 valyuta hamda eksport-import operatsiyalarida qonunchilikka rioya etilishi ustidan o‘z vakolatlari doirasida nazoratni amalga oshirish;
🔹 soliq organlarini malakali va yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega xodimlar bilan ta’minlash, korrupsiyaning oldini olish va xodimlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish.

📌 Soliq qonunchiligiga rioya etish — davlat budjeti barqarorligi va jamiyat farovonligining muhim omilidir.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1