35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat U.Aripbayev tomonidan tumanning “Markaziy” mahallasiga biriktirilgan soliq inspektori T.Ergashovaning faoliyati o‘rganildi.

🔺O‘rganish jarayonida soliq inspektori tomonidan mahalladagi soliq to‘lovchilar bilan ishlash, mavjud muammolarni aniqlash va soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishga ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔺Shuningdek, mahallada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar bilan ishlash, ularga soliq to‘lovlarini amalga oshirish tartibi bo‘yicha tushuntirish berish, soliq qarzdorligining oldini olish hamda mavjud qarzdorliklarni bartaraf etishga ko‘maklashish masalalariga e’tibor qaratildi.

🔺Aholi bilan muloqot jarayonida fuqarolarning soliqqa oid savol va murojaatlarini o‘rganish, ularga amaldagi tartib-taomillar yuzasidan tushuntirishlar berish muhimligi qayd etilib, mahallada soliq ma’muriyatchiligini yanada yaxshilash, soliq to‘lovchilar bilan manzilli ishlash, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning qonuniy faoliyat yuritishiga ko‘maklashish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1