35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
📩 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA RAISI FUQAROLAR MUROJAATINI O‘RGANDI
янв.21
🗳 DEPUTATNI CHAQIRIB OLISH BO‘YICHA OVOZ BERISH TARTIBI
янв.21
🗳 OVOZ BERISH QONUN TALABLARI ASOSIDA O‘TKAZILADI
янв.21
🗳 DEPUTATNI CHAQIRIB OLISH JARAYONIDA OVOZ BERISH QANDAY TASHKIL ETILADI?
янв.21
🗳 SAYLOVCHILAR RO‘YXATI BILAN QACHON TANISHISH MUMKIN?
янв.21
🏦 KREDIT IMKONIYATLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — OILALAR DAROMADINI OSHIRISH YO‘LIDA
янв.21
🏘 AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISH, BANDLIKNI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MUHIM VAZIFA
янв.21
📊 AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏘 MAHALLADA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI FAROVONLIGINI YUKSALTIRISHGA E’TIBOR
M.Ulug‘bek MFYda ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi

O‘rganish Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha kunlik ish rejasining 5-bandi asosida M.Ulug‘bek MFYda olib borildi.
Unda mahalladagi ijtimoiy ehtiyojmand toifalarga mansub fuqarolarga ijtimoiy xizmatlar sifatli va manzilli ko‘rsatilishi, shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
️O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodimning faoliyati, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularning ehtiyojlarini aniqlash va tegishli ijtimoiy xizmatlarga yo‘naltirish ishlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni aniqlash, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish va ijtimoiy xizmatlarning manzilliligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
maldagi ijtimoiy himoya tizimida inson manfaatlari, manzillilik va individual yondashuv muhim tamoyillardan biri hisoblanadi. Avval ushbu yo‘nalishni tartibga solgan O‘RQ-415-son Qonunda ham ijtimoiy xizmatlarning asosiy prinsiplari sifatida qonuniylik, inson huquqlariga rioya etish, insonparvarlik, aniq yo‘naltirilganlik va individual yondashuv belgilangan edi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha ijtimoiy xizmatlarni sifatli tashkil etish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan yordamlarning samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1