35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA RAISI FUQAROLAR MUROJAATINI O‘RGANDI
янв.21
📩 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
🗳 OVOZ BERISH QONUN TALABLARI ASOSIDA O‘TKAZILADI
янв.21
🗳 DEPUTATNI CHAQIRIB OLISH BO‘YICHA OVOZ BERISH TARTIBI
янв.21
🗳 DEPUTATNI CHAQIRIB OLISH JARAYONIDA OVOZ BERISH QANDAY TASHKIL ETILADI?
янв.21
🗳 SAYLOVCHILAR RO‘YXATI BILAN QACHON TANISHISH MUMKIN?
янв.21
🏦 KREDIT IMKONIYATLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — OILALAR DAROMADINI OSHIRISH YO‘LIDA
янв.21
🏘 AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISH, BANDLIKNI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MUHIM VAZIFA
янв.21
📊 AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARINI JOYIDA O‘RGANISH VA YECHIM TOPISH
🔰Eskirgan simyog‘ochlar – deputat e’tiborida

🔰Eskirgan simyog‘ochlar – deputat e’tiborida

⚡️Fuqarolarning murojaatlari joylardagi mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
⚡️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati M. Hidirovaga Pahlavon mahallasi saylovchilari tomonidan hududdagi eskirgan va yaroqsiz holatga kelgan simyog‘ochlarni yangilash masalasida murojaat qilindi.
⚡️Murojaatni o‘rganish jarayonida mahalla hududidagi ayrim elektr tayanchlarining eskirgani, ularni yangilash zarurligi aniqlandi. ⚡️Mazkur holat aholi xavfsizligi hamda elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash nuqtai nazaridan dolzarb masala sifatida qayd etildi.
⚡️Shundan so‘ng deputat M. Hidirova saylovchilar murojaati asosida tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari O. Usmonov nomiga deputatlik so‘rovi yuborib, Pahlavon mahallasidagi eskirgan simyog‘ochlarni zamonaviy va xavfsiz elektr tayanchlariga almashtirish masalasini ko‘rib chiqishni so‘radi.
⚡️Deputatlik so‘rovida mazkur masalani mutasaddi tashkilotlar tomonidan o‘rganib, belgilangan tartibda amaliy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.
👉Saylovchilar murojaatlarining ijrosini nazorat qilish va aholi uchun xavfsiz hamda qulay sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 6