Новости

Последние новости

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
FUQAROLAR MUROJAATI ASOSIDA ICHKI YO‘L HOLATI O‘RGANILDI

FUQAROLAR MUROJAATI ASOSIDA ICHKI YO‘L HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 1-Xalqabod saylov okrugi deputati N. Ruziyeva, tuman Kengashi mutaxassisi T. Murodov, tuman hokimligi vakili hamda Orol MFY raisi bilan birgalikda fuqarolardan kelib tushgan murojaat joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida Orol MFY hududidagi 150 metr uzunlikdagi ichki yo‘lning holati ko‘zdan kechirildi. Fuqarolar ushbu yo‘lning loy holatga kelib qolishi, ayniqsa kuz-qish mavsumida yog‘ingarchilik sababli yo‘ldan harakatlanish qiyinlashayotgani haqida murojaat bildirgan.

Mazkur yo‘l maktabga olib boruvchi asosiy yo‘llardan biri ekani, undan o‘quvchilar, ota-onalar hamda mahalla aholisi muntazam foydalanishi ta’kidlandi.

Murojaat joyida o‘rganilib, yo‘lning holatini yaxshilash, uni ta’mirlash va aholiga qulay sharoit yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, 150 metr ichki yo‘lni tartibga keltirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 3