Новости

Последние новости

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
Har bir oila bilan manzilli ishlash — asosiy vazifa

Har bir oila bilan manzilli ishlash — asosiy vazifa

Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish va ijtimoiy himoyani kuchaytirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi.

Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Sherzod Rajabov hamda Termiz tumani hokimi, Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 9-namuna saylov okrugu deputati Shuxrat Qalandarov "Namuna" mahallasida bo‘lib, mahalla "yettiligi"ning aholi bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi.

Jarayonda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning daromadini oshirish, bandligini ta’minlash va mavjud muammolarini hal etish bo‘yicha takliflar o‘rganildi. Har bir oila kesimida muammolarni hal etish bo‘yicha mas’ullar va aniq muddatlar belgilandi.

O‘rganishlar davomida mahalla "yettiligi" faoliyatida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga ham e’tibor qaratildi. Aholi bilan ishlashda formal yondashuvga yo‘l qo‘ymaslik, har bir xonadonning holatini chuqur o‘rganish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Eng muhimi, mahalladagi har bir oilaning muammosini eshitish emas, uning yechimini ta’minlash, oilalarni daromadli mehnatga jalb etish va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amaliy natijaga erishish vazifasi ustuvor etib belgilandi.

Berilgan topshiriqlar ijrosi belgilangan muddatlarda o‘rganilib, natijasi nazorat qilib boriladi.

Slide 1 of 9