Новости

Последние новости

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
19¹-modda #Nazorat_tadbiri

19¹-modda
#Nazorat_tadbiri


Xalq deputatlari Surxandaryo viloyati deputati Poyon Bakirov hamda Angor tumani Kengashi 3- Gilambob saylov okrugi deputati Mavlonova Rano tomonidan hududdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Nazorat tadbiri davomida ta’lim tashkilotida autsorsing tizimi asosida yo‘lga qo‘yilgan ovqatlanish jarayoni, bolajonlar uchun tayyorlanayotgan taomlarning belgilangan ratsionga muvofiqligi hamda oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mahsulotlarning saqlanish holati, oshxona faoliyati va ovqat tayyorlash jarayonlarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi o‘rganildi.

Mazkur nazorat-tahlil jarayonida Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Yarmatov Muxiddin Nurxonovich ham faol ishtirok etdi. Mas’ullar bilan suhbatlar o‘tkazilib, tarbiyalanuvchilar uchun sog‘lom va xavfsiz ovqatlanish sharoitlarini ta’minlash, sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Nazorat tadbirining asosiy maqsadi — hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yaratilgan sharoitlarni o‘rganish, bolajonlarning sifatli va xavfsiz ovqatlanishini ta’minlash holatini tahlil qilish hamda aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan amaliy muloqot olib borishdan iborat.

Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida xizmatlar sifatini oshirish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash va bolalar salomatligi uchun zarur sharoitlarni yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1