35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA RAISI FUQAROLAR MUROJAATINI O‘RGANDI
янв.21
📩 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
🗳 OVOZ BERISH QONUN TALABLARI ASOSIDA O‘TKAZILADI
янв.21
🗳 DEPUTATNI CHAQIRIB OLISH BO‘YICHA OVOZ BERISH TARTIBI
янв.21
🗳 DEPUTATNI CHAQIRIB OLISH JARAYONIDA OVOZ BERISH QANDAY TASHKIL ETILADI?
янв.21
🗳 SAYLOVCHILAR RO‘YXATI BILAN QACHON TANISHISH MUMKIN?
янв.21
🏦 KREDIT IMKONIYATLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — OILALAR DAROMADINI OSHIRISH YO‘LIDA
янв.21
🏘 AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISH, BANDLIKNI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MUHIM VAZIFA
янв.21
📊 AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARINI JOYIDA O‘RGANISH VA YECHIM TOPISH
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA DAROMADLARINI OSHIRISH — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM YO‘NALISHI!

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi raisi, deputat X.Tilakov tomonidan Sovot mahallasida mahalla vakillari bilan hamkorlikda aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadlarini oshirish hamda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash yuzasidan manzilli o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida mahalladagi fuqarolarning bandlik holati, doimiy daromad manbalari, mehnat qilish imkoniyatlari, kasb-hunar egallash va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari tahlil qilindi.

💼 Ayniqsa, ishsiz va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan fuqarolarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish, o‘zini o‘zi band qilish hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish orqali oilalar daromadini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🏠 Shuningdek, xonadonlar kesimida fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy holati, kundalik hayotida uchrayotgan muammolari va ehtiyojlari o‘rganildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha fikrlar almashildi.

🤝 Mahalla vakillari bilan birgalikda har bir oilaning imkoniyatlaridan samarali foydalanish, mehnatga layoqatli fuqarolarni bandlikka jalb etish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘shimcha daromad manbalarini yaratishga ko‘maklashish muhimligi ta’kidlandi.

📌 Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi tomonidan aniqlangan muammolarni shunchaki qayd etish bilan cheklanib qolmasdan, ularning amaliy yechimini topish, mas’ul tashkilotlarni jalb etish va natijadorligini deputatlik nazorati asosida kuzatib borish zarurligi qayd etildi.

⚙️ Mazkur o‘rganishlar mahallalarda aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni joyida aniqlash, fuqarolarning bandligini ta’minlash va oilalar farovonligini oshirishga qaratilgan amaliy choralarning muhim qismidir.

Slide 1 of 3