24-BAND IJROSI: SESSIYAOLDI O‘RGANISH — 116-SONLI UMUMTA'LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati masalasi yuzasidan sessiyaoldi o‘rganish ishlari davom etmoqda.
🏫 Shu doirada Kengash deputati N.Allayorova tomonidan Ilm mahallasidagi 116-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida muassasaning isitish tizimi, qozonxona va issiqlik ta’minoti holati, yoqilg‘i zaxirasi, shuningdek, mavsumni betalofat o‘tkazish uchun ko‘rilayotgan choralar ko‘zdan kechirildi.
📌 Aniqlangan holatlar tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda maktabgacha ta’lim tashkilotini kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar shakllantiriladi.