35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA RAISI FUQAROLAR MUROJAATINI O‘RGANDI
янв.21
📩 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
🗳 DEPUTATNI CHAQIRIB OLISH BO‘YICHA OVOZ BERISH TARTIBI
янв.21
🗳 OVOZ BERISH QONUN TALABLARI ASOSIDA O‘TKAZILADI
янв.21
🗳 DEPUTATNI CHAQIRIB OLISH JARAYONIDA OVOZ BERISH QANDAY TASHKIL ETILADI?
янв.21
🗳 SAYLOVCHILAR RO‘YXATI BILAN QACHON TANISHISH MUMKIN?
янв.21
🏦 KREDIT IMKONIYATLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — OILALAR DAROMADINI OSHIRISH YO‘LIDA
янв.21
🏘 AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISH, BANDLIKNI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MUHIM VAZIFA
янв.21
📊 AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARINI JOYIDA O‘RGANISH VA YECHIM TOPISH
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Kamolova hamda “Adolat” SDP Uchquduq tuman Kengashi bilan hamkorlikda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 2-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘RQ-595-son Qonuni ijrosi o‘rganildi. 🇺🇿

🔎 O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarga sifatli ta’lim-tarbiya berish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining qonunchilik talablariga muvofiqligi, tarbiyalanuvchilarning xavfsizligi hamda ularning har tomonlama rivojlanishi uchun amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

👩‍🏫 Shuningdek, pedagog xodimlarning faoliyati, tarbiyalanuvchilar bilan olib borilayotgan mashg‘ulotlar, kun tartibining to‘g‘ri tashkil etilishi va ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy yondashuvlardan foydalanish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

🧒 Maktabgacha ta’lim — bolaning kelajakdagi rivoji uchun muhim poydevor. Shu bois ushbu sohada qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlash, ta’lim sifati va tarbiya samaradorligini oshirish, bolalar uchun munosib sharoitlar yaratish muhim vazifalardan biridir.

📋 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda qonun talablarining to‘liq bajarilishini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🤝 Bunday o‘rganishlar maktabgacha ta’lim tizimida qonuniylikni mustahkamlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, eng muhimi, bolalar manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

🇺🇿 Qonun ustuvorligi — taraqqiyot va farovonlik garovidir!

Slide 1 of 5