35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Kengash qarori ijrosi — amalda
янв.21
🛣 Yo‘l va ko‘prikning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ko‘rsatilgan amaliy yordam o‘rganildi
янв.21
👩‍💼 Mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ajratilgan mablag‘dan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari ko‘chama-ko‘cha yurish orqali o‘rganildi
янв.21
🏛 Tibbiy xizmatga muhtoj oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🟢 XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING 29-SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN DEPUTAT MUNOSABATI
Kambag‘allik reyestridagi oilalar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 22-“Charxini ko‘prigi” saylov okrugidan saylangan deputat G.Rasulova tomonidan “Qalandarxona” mahalla fuqarolar yig‘inida “Mahalla yettiligi” faoliyati, hududda amalga oshirilayotgan ishlar hamda aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida deputat “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan suhbatlashib, mahallada kambag‘allikni qisqartirish, reyestrda turuvchi oilalarning ijtimoiy holatini yaxshilash hamda ularni barqaror daromad manbaiga ega qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashdi.

Shuningdek, kambag‘allik reyestrida turuvchi oilalarni xatlovdan o‘tkazish jarayonlari ham atroflicha muhokama qilindi. Har bir oilaning mavjud sharoiti, bandligi, daromad manbalari va ijtimoiy holatini o‘rganish orqali ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha manzilli choralar ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.

"Qalandarxona” mahallasida jami 29 ta kambag‘al oila reyestrga kiritilgan bo‘lib, amalga oshirilayotgan manzilli ishlar natijasida ularning 4 tasi reyestrdan chiqarilgan.

Uchrashuv davomida qolgan oilalarni ham reyestrdan chiqarish bo‘yicha ishlarni tizimli davom ettirish, mehnatga layoqatli fuqarolarni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik va boshqa daromadli faoliyat turlariga yo‘naltirish hamda oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5