35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Kengash qarori ijrosi — amalda
янв.21
🛣 Yo‘l va ko‘prikning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ko‘rsatilgan amaliy yordam o‘rganildi
янв.21
👩‍💼 Mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ajratilgan mablag‘dan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari ko‘chama-ko‘cha yurish orqali o‘rganildi
янв.21
🏛 Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Tibbiy xizmatga muhtoj oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🟢 XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING 29-SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN DEPUTAT MUNOSABATI
Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi holat o‘rganildi

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi

Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi holat o‘rganildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining “6-Xondamir” saylov okrugi deputati Azizov Kamolitdin Tulyaganovich tomonidan saylov okrugi hududidagi Sharq Yulduzi mahallasida joylashgan 186-sonli “Yulduzcha” nomli maktabgacha ta’lim tashkilotida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

🕯 O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, sanitariya-gigiyena holati, hudud va guruh xonalarining obodonlashtirilishi hamda mavjud muammolar holati ko‘zdan kechirildi.

💬 Shuningdek, muassasa rahbariyati va mas’ul xodimlar bilan suhbatlashilib, ta’lim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash, tarbiyalanuvchilar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

📇 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni tegishli tartibda hal etish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

📁 Mazkur o‘rganish ishlari mahalliy Kengash deputatlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha 24 ta tavsiya asosida amalga oshirilib, deputatning saylov okrugi hududidagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini o‘rganish va aniqlangan muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish borasidagi amaliy faoliyatining navbatdagi bosqichi bo‘ldi.

Slide 1 of 3