35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🤝 Ijtimoiy reyestrdagi fuqaroga ko‘rsatilayotgan yordam o‘rganildi
янв.21
📜 “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🤝 Ijtimoiy reyestrdagi fuqarolarga ko‘rsatilayotgan yordam o‘rganildi
янв.21
🤝 Ijtimoiy reyestrdagi fuqarolarga ko‘rsatilayotgan yordam deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
🏛 Aholi muammolari ko‘chama-ko‘cha o‘rganilmoqda
янв.21
✅ Shovot tumani Kengashi qarori
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi qarori qabul qilindi
янв.21
📢 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi qarori qabul qilindi
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi qarori qabul qilindi
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi qarori qabul qilindi
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyati, 14-Navoiy saylov okrugi deputati M.Ravshanova tomonidan Tuman Madaniyat binosida faoliyat yuritayotgan bolalar kutubxonasining bugungi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida kutubxonaning moddiy-texnik holati, mavjud kitob fondi, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kitoblarni saqlash va ulardan samarali foydalanish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, kutubxonaga tashrif buyurayotgan bolalar soni, ularning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishi, yosh toifalariga mos badiiy va ilmiy-ma’rifiy adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi ham ko‘zdan kechirildi.

Mutaxassislar bilan suhbat davomida yosh avlod o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni mutolaa qilishga keng jalb etish hamda kutubxona xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Deputat tomonidan kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, kitob fondini zamonaviy va bolalar uchun qiziqarli adabiyotlar bilan boyitish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

📖 Yosh avlodning kitobga bo‘lgan mehrini oshirish — ularning ma’naviy kamoloti va kelajagi uchun muhim omildir.

Slide 1 of 4