35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
📌 “JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
🌳 YOSHLAR MASLAHAT GURUHI A’ZOSI TOMONIDAN YOSHLAR XIYOBONIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 Mahallalarda ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish — deputatlar nazoratida
янв.21
📌 DASTURLAR IJROSI DOIRASIDA NAVBATDAGI O‘RGANISH
янв.21
📌 Deputatlar ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolarini joyida o‘rganmoqda
янв.21
📊 VILOYAT KENGASHI QARORI IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
📌 Ijtimoiy reyestrdagi oilaning muammosi deputatlar nazoratida
янв.21
Kuz-qish mavsumi oldidan deputatlar hamkorlikda okrugdagi ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
📌 Viloyat va tuman Kengashi deputatlari hamkorlikda saylov okrugida o‘rganish ishlarini olib bordilar
янв.21
📌 Hududda ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish — deputatlar nazoratida
Deputatlik so‘rovi natijasida Chamanzor mahallasi hududidagi bolalar maydonchasi keyingi yil dasturiga kiritilishi belgilandi

#deputat_soʻrovi_javobi #Uchtepa_deputatlari #deputatlik_faoliyati

Deputatlik so‘rovi natijasida Chamanzor mahallasi hududidagi bolalar maydonchasi keyingi yil dasturiga kiritilishi belgilandi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zLiDePdan saylangan "12-Nazarbek" saylov okrugi deputati Xudayberganov Avaz Abrarovich tomonidan Uchtepa tumani Chamanzor mahallasi Mirxond 5-tor ko‘chasi boshida joylashgan bolalar maydonchasi o‘rganilganda, maydonchadagi aksariyat arg‘imchoqlar ta’mirtalab holatda ekani, o‘rindiqlar mavjud emasligi, hududning tozaligi va obodonchiligi talab darajasida emasligi hamda yer qoplamasi tuproq holatida ekanligi asosida chiqarilgan deputatlik so'rovi bo'yicha O'zbekiston mahallalar uyushmasi Uchtepa tumani bo‘limi boshlig‘i Laziz Yusupov tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

📩 Javobda ma’lum qilinishicha, “Chamanzor” mahallasi Mirxond 5-tor ko‘chasi boshida joylashagn bolalar maydonchasi holati, uni ta’mirlash va zamonaviy o‘yin elementlari bilan jihozlash masalasi yuzasidan yo‘llangan deputatlik so‘rovi belgilangan tartibda o‘rganilib, hududda infratuzilma hamda aholining ehtiyojlarini o‘rganilgan. O‘rganish natijasida bolalar uchun xavfsiz va qulay dam olish sharoitlarini yaratish maqsadida mazkur maydonchani ta’mirlash, obodonlashtirish hamda zamonaviy o‘yin elementlari bilan jihozlash zarurati aniqlangan.

📆 Mazkur bolalar maydonchasini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlari 2026-yil Davlat dasturiga kiritilmaganligi bois, mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib, mazkur masala Uchtepa tumani hokimligi tomonidan nazoratga olinib, bolalar maydonchasini ta’mirlash, hududni obodonlashtirish hamda zamonaviy  o‘yin elementlari bilan jihozlash ishlari 2027-yil Davlat dasturiga kiritish uchun rejalashtirilgan.

↗️ Mazkur loyihani amalga oshirish uchun zarur mablag‘larini shakllantirish va moliyalashtirish masalalari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, ishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish choralari ko‘rilishi belgilanganligi qayd etildi.

Slide 1 of 1