35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

#_deputat_faoliyati Obizarang daryosi ustida yangi ko‘prik qurilishi o‘rganildi

#_deputat_faoliyati
Obizarang daryosi ustida yangi ko‘prik qurilishi o‘rganildi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining "9-Gazarak" saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Odiljon Yaqubov Obizarang daryosi ustida, M-41 “Bishkek – Dushanbe – Termiz” xalqaro avtomobil yo‘li yo‘nalishida barpo etilayotgan zamonaviy ko‘prik qurilishi jarayonini o‘rgandi.

Qurilish jarayoni bilan tanishish davomida ishlarning borishi, mavjud imkoniyatlar va galdagi vazifalar muhokama qilindi.

Mas’ullarga qurilish ishlarini sifatli va mustahkam amalga oshirish, belgilangan muddatlarda yakunlash hamda texnik talablarga qat’iy rioya etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3