35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Kengash qarori ijrosi — amalda
янв.21
🛣 Yo‘l va ko‘prikning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ko‘rsatilgan amaliy yordam o‘rganildi
янв.21
👩‍💼 Mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ajratilgan mablag‘dan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari ko‘chama-ko‘cha yurish orqali o‘rganildi
янв.21
🏛 Tibbiy xizmatga muhtoj oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🟢 XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING 29-SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN DEPUTAT MUNOSABATI
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila holidan xabar olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 3-“Achchiqko'l” saylov okrugidan saylangan deputat M.Mavlonqulov tomonidan “Uzumzor” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning holidan xabar olindi.

O‘rganish davomida Achchiqko‘l Tegirmonboshi ko‘chasi, 2-uyda yashovchi X.Komilov xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning yashash sharoiti, ijtimoiy ahvoli va mavjud muammolari bilan yaqindan tanishildi.

Suhbat davomida oilaning asosiy daromad manbai oila boshlig‘i X.Komilovning daromadi hamda onasining nogironlik nafaqasi ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Oilani kambag‘allikdan chiqarish va farovonligini oshirish maqsadida doimiy va qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish masalasi muhokama qilindi. Xususan, hokim yordamchisi tomonidan xonadonning imkoniyatlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib, oilaga qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lishida amaliy yordam ko‘rsatish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha oilaning ijtimoiy holatini yaxshilash, bandligini ta’minlash va daromadini oshirishga qaratilgan mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Mazkur masala deputat nazoratiga olinib, mahalla yettiligi va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda oilaga amaliy ko‘mak ko‘rsatish ishlari davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3