35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Kengash qarori ijrosi — amalda
янв.21
🛣 Yo‘l va ko‘prikning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ko‘rsatilgan amaliy yordam o‘rganildi
янв.21
👩‍💼 Mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ajratilgan mablag‘dan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari ko‘chama-ko‘cha yurish orqali o‘rganildi
янв.21
🏛 Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Tibbiy xizmatga muhtoj oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🟢 XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING 29-SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN DEPUTAT MUNOSABATI
KO‘P QAVATLI UYDA LIFTLARNING ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Kotibiyat_hududlarda #deputatlik_guruhlari #haftalik_ish_reja_ijrosi

KO‘P QAVATLI UYDA LIFTLARNING ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI

📈 Aholi uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini ta’minlash, ko‘p qavatli uylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini nazoratga olish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

🇺🇿 Shu maqsadda Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi O'zbekiston XDP deputatlik guruhi a'zosi, “25-Qo‘rg‘on” saylov okrugi deputati Xamitova Galina Gennadyevna tomonidan Xuroson mahallasi, 12-mavze, 4-“A” ko‘p qavatli uyida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

✅ Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputatlarining 24 ta tavsiyasi asosida belgilangan “Liftlarning ishlash holati” yo‘nalishi doirasida amalga oshirildi. O‘rganish davomida ko‘p qavatli uyda foydalanib kelinayotgan liftlar 1977-yilda o‘rnatilgani, ya’ni qariyb yarim asr davomida xizmat ko‘rsatib kelayotgani aniqlandi.

🕯 Shuningdek, binoning 2-, 3- va 4-podezdlaridagi liftlar bugungi kunda talab darajasida ishlamayotgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat, avvalo, ko‘p qavatli uyda istiqomat qiluvchi fuqarolarning kundalik hayotiga noqulaylik tug‘dirayotgani bilan birga, liftlardan xavfsiz foydalanish masalasini ham dolzarb etmoqda.

⚙️ O‘rganish davomida mavjud holat qayd etilib, liftlarning texnik holatini chuqur o‘rganish, ularni ta’mirlash yoki zaruratdan kelib chiqib yangilash masalalariga e’tibor qaratish zarurligi belgilandi. Mazkur o'rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

 🏢 Deputatlik nazorati — muammoni aniqlash bilangina cheklanmaydi. Aholi murojaatlari va hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish, mas’ullar oldiga aniq vazifalarni qo‘yish hamda ularning ijrosini nazorat qilish deputatlik faoliyatining muhim qismidir. Fuqarolarning xavfsizligi va munosib yashash sharoitlarini ta’minlash — doimiy e’tiborda.

Slide 1 of 5