35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Kengash qarori ijrosi — amalda
янв.21
🛣 Yo‘l va ko‘prikning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ko‘rsatilgan amaliy yordam o‘rganildi
янв.21
👩‍💼 Mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ajratilgan mablag‘dan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari ko‘chama-ko‘cha yurish orqali o‘rganildi
янв.21
🏛 Tibbiy xizmatga muhtoj oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🟢 XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING 29-SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN DEPUTAT MUNOSABATI
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#162_ta_qonun
📌 DEPUTATLAR TOMONIDAN QONUN IJROSI O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 674-I-son “Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan avtomobil transporti sohasida faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🔹 O‘rganish davomida quyidagi masalalarga e’tibor qaratilmoqda:
▪️ avtomobil transporti sohasida qonunchilik talablariga rioya etilishi;
▪️ yo‘lovchi va yuk tashish xizmatlarining sifati, xavfsizligi va uzluksizligi;
▪️ tashuvchilarning belgilangan talablar asosida faoliyat yuritishi, litsenziya va ruxsat berish tartiblariga rioya etilishi;
▪️ transport vositalarining texnik sozligi, yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash va transport infratuzilmasidan samarali foydalanish;
▪️ haydovchilarning belgilangan talablarga rioya qilishi va tashish jarayonida xavfsizlik choralarining ta’minlanishi;
▪️ yo‘lovchilar hamda yuk jo‘natuvchilarning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi.
🔎 Shuningdek, avtomobil transporti xizmatlarining aholiga qulay, xavfsiz va sifatli ko‘rsatilishi, sohada mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.

📌 O‘rganishlar yakuni bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, transport xizmatlari sifatini oshirish va qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

🔹 Mazkur o‘rganishlar deputatlik nazoratini kuchaytirish, avtomobil transporti sohasida qonuniylikni ta’minlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifati va xavfsizligini oshirishga qaratilgan.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1