35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Kengash qarori ijrosi — amalda
янв.21
🛣 Yo‘l va ko‘prikning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ko‘rsatilgan amaliy yordam o‘rganildi
янв.21
👩‍💼 Mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ajratilgan mablag‘dan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari ko‘chama-ko‘cha yurish orqali o‘rganildi
янв.21
🏛 Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Tibbiy xizmatga muhtoj oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🟢 XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING 29-SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN DEPUTAT MUNOSABATI
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #deputat_so'rovi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi "20-Xirmontepa" okrugi deputati Malikova Saodat Tolipovna tomonidan Uchtepa tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurali Ismatovga navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi.

📝 Uchtepa tumani Katta Cho‘ponota mahallasi, Izza ko‘chasi 2-uy oldida bir necha oydan buyon ochiq holda qolib ketgan drenaj tizimi bilan bog‘liq masala yuzasidan mahalla faollari tomonidan murojaat kelib tushganligi va ushbu masala bo‘yicha joyiga chiqib o‘rganilganda mazkur holat o‘z isbotini topgan hamda atrofdagilarning asosli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani aniqlanganligi qayd etilgan.

⚠️ Mazkur holat nafaqat atrofdagi xususiy savdo shoxobchalari va dorixona faoliyatiga, balki fuqarolarning mazkur ko‘chadan erkin va xavfsiz harakatlanishiga ham noqulaylik tug‘dirayotganligi, ayniqsa, kuz-qish mavsumida yog‘ingarchiliklar sabab ushbu hududdan o‘quvchilarning maktablarga qatnovida qo‘shimcha qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkinligi alohida ko'rsatilgan.

📈 Yuqoridagilarga asosan, ushbu masala yuzasidan:

✍️ mazkur murojaatda ko‘tarilgan masalani o‘rganib chiqib, Katta Cho‘ponota mahallasi, Izza ko‘chasi 2-uy oldida ochiq holda qolib ketgan drenaj tizimi bilan bog‘liq masala yuzasidan tegishli mas’ullar bilan joyiga chiqib o‘rganish tashkil etish;

✍️ drenaj tizimi bilan bog‘liq ta’mirlash ishlarini belgilangan tartibda va sifat talablariga rioya qilgan holda to‘liq yakunlash, drenajning ochiq qismlarini xavfsiz holatga keltirish, piyodalar harakati uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda hududni obodonlashtirish bo‘yicha zarur amaliy choralarni ko‘rish;

✍️ mazkur hududda fuqarolar, xususiy savdo shoxobchalari va dorixona faoliyatiga xalaqit berayotgan holatlarni bartaraf etish, kuz-qish mavsumida o‘quvchilar va boshqa piyodalarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash, ta’mirlash ishlari yakunlangach hududni tartibga keltirish choralarini ko‘rish;

✍️ mazkur ta’mirlash ishlarining sifatli va to‘liq yakunlanishi, aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishi hamda hududning xavfsiz va foydalanish uchun qulay holatga keltirilishi yuzasidan mas’ul tashkilotlar faoliyatini nazoratga olishingizni hamda ko‘rilgan choralar va erishilgan natijalar to‘g‘risida belgilangan muddat ichida yozma ravishda asosli axborot taqdim etish so‘ralmoqda.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 3