35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: PIYODALAR XAVFSIZLIGI E’TIBORDA
янв.21
📌 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
📌 RO‘YAT MAHALLASIDA AMALIY ISHLAR NAZORATDA
янв.21
📍 RO‘YAT MAHALLASIDA MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
🏘 🏘 AHOLI MUAMMOLARI — XONADONMA-XONADON O‘RGANILDI
янв.21
🏛 VILOYAT KENGASHI QARORI IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
📌 MAHALLADA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
🏠 KO'CHAMA KO'CHA O'RGANISH:FUQAROLAR MUAMMOLARI — E’TIBOR VA NAZORATDA
янв.21
🏘️ KO'CHAMA KOCHA YURIB, EHTIYOJMAND OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
📌 ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati N.Shomatov tomonidan fuqarolar murojaati asosida “Bandi Eshon” ko‘chasini asfaltlashtirish masalasida deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Mazkur deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar hokimligi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Javobda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli normativ-huquqiy hujjatlari asosida tasdiqlangan 2026-yilgi manzilli dasturiga muvofiq, “Davronbek” MFY hududidan “Bandi Eshon” ko‘chasi 2026-yilgi asfaltlashtirish dasturiga kiritilgan.

Shuningdek, manzilli dasturga muvofiq “Davronbek” MFY “Bandi Eshon” ko‘chasini asfaltlashtirish ishlari joriy yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ma’lum qilindi.

Shu tariqa, deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan tegishli tashkilot tomonidan ijobiy munosabat bildirilib, ko‘chani asfaltlashtirish ishlari dastur asosida amalga oshirilishi belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi