Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri Ye.Mirzayev tomonidan “Shieli” OFY hududida mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan hududlarni obodonlashtirish va infratuzilma holatini o‘rganish doirasida tungi yoritish chiroqlari holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida hududdagi mavjud tungi yoritish chiroqlarining texnik holati, ularning sozligi, foydalanish samaradorligi hamda aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishdagi ahamiyati ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, ishlamayotgan yoki ta’mirlashga ehtiyoj sezayotgan yoritish moslamalarini aniqlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda hududni tungi vaqtda yoritish darajasini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish va tungi yoritish tizimining samarali faoliyatini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.