35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
DEPUTATLIK SOʻROVI IJOBIY ECHIM TOPDI 💧✅
янв.21
🏘 Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holati o‘rganildi
янв.21
🏛 VILOYAT KENGASHI QARORI IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Shovot tumani Xalq deputatlari Kengashining reglamenti
янв.21
🚀 “Kelajak” markazi: yoshlar uchun yangi imkoniyatlar sari
янв.21
📍 Ipakchi mahallasida aholi muammolari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
📍 Sessiya oldidan aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
🛣 Mevazor mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
💧 Ko‘chama-ko‘cha yurib, ichimlik suvi ta’minoti o‘rganilmoqda
янв.21
📍 Gulshan mahallasida qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
YOSHLIK MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI

YOSHLIK MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashining 2-D‘stlik saylov okrugi deputati O.Abdiyeva hamda tuman Kengashi kotibiyati mutaxassisi D.Kenjayeva tomonidan Yoshlik mahallasi hududdagi mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida mahalladagi ko‘chalar holati, obodonlashtirish ishlari, hudud tozaligi hamda maishiy chiqindilarning o‘z vaqtida olib chiqilishi holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mas’ullar mahalla faollari, ko‘cha boshilari va aholi vakillari bilan bevosita suhbatlashib, hududda mavjud muammolar, aholining taklif va murojaatlari bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganish davomida aniqlangan muammo va kamchiliklar deputat yon daftariga qayd etib borildi. Aniqlangan masalalarni tegishli mas’ullarga yo‘naltirish, ularning yechimini ta’minlash hamda ijrosini nazoratga olishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘riladigan choralar esa deputat va Kengash kotibiyati tomonidan nazoratga olinishi ta’kidlandi.

📌 Asosiy maqsad — hududdagi muammolarni joyida aniqlash, ularni deputat yon daftariga qayd etish, aholi murojaatlarini eshitish va muammolarning amaliy yechimini ta’minlash.

Slide 1 of 4