35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
DEPUTATLIK SOʻROVI IJOBIY ECHIM TOPDI 💧✅
янв.21
🏘 Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holati o‘rganildi
янв.21
🏛 VILOYAT KENGASHI QARORI IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Shovot tumani Xalq deputatlari Kengashining reglamenti
янв.21
🚀 “Kelajak” markazi: yoshlar uchun yangi imkoniyatlar sari
янв.21
📍 Sessiya oldidan aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
📍 Ipakchi mahallasida aholi muammolari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
🛣 Mevazor mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
💧 Ko‘chama-ko‘cha yurib, ichimlik suvi ta’minoti o‘rganilmoqda
янв.21
📍 Gulshan mahallasida qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI VA “CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda 4-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan
deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich tomonidan mahalla fuqarolari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda bildirilgan taklif va murojaatlar asosida Parkent tumanida qattiq maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ish va olib chiqib ketish holati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.Shu maqsadda “ZERO-WASTE” MChJ Parkent tuman filialida bo‘lib, korxona rahbari o‘rinbosari Sanjar Shukraliyev ishtirokida filial faoliyati, xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari, mavjud maxsus texnikalar hamda chiqindilarni yig‘ish va olib chiqib ketish tizimi bilan yaqindan tanishildi.Filialda ayni paytda 89 nafar ishchi-xodim faoliyat yuritayotgani ma’lum qilindi.Xodimlarning ishga kelib-ketishini nazorat qilish maqsadida Face ID tizimi joriy etilgan. Haydovchi va yuk ortuvchilar ish boshlashdan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, maxsus ish kiyimlari bilan ta’minlangan.Xodimlar uchun yuvinish va kiyinish xonalarining tashkil etilgani ham ko‘zdan kechirildi. Maxsus chiqindi tashish avtomashinalari ishga chiqarilishidan oldin mexanik va bosh muhandis tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Avtotransport vositalarining harakati GPS qurilmalari orqali masofadan nazorat qilinishi, avtoturargoh hududida esa kuzatuv kameralari o‘rnatilgani qayd etildi.Filial tomonidan Parkent tumanidagi 53 ta mahallaga xizmat ko‘rsatilishi, qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqib ketish ishlari tasdiqlangan reja-grafik asosida tashkil etilishi bildirildi.Mazkur jarayonga 17 ta maxsus chiqindi tashish texnikasi va 244 ta chiqindi konteyneri jalb etilgan bo‘lib, yig‘ilgan chiqindilar tuman hududidagi markaziy poligonga olib chiqiladi.Muloqot davomida korxonada mehnat qilayotgan xodimlarning ish sharoitlari, texnika xavfsizligi hamda chiqindilarni olib chiqish xizmatining uzluksizligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.O‘rganish yakunlari bo‘yicha chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ish va olib chiqib ketish tizimini yanada takomillashtirish,xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda sanitariya va texnika xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.Mazkur nazorat ishlari fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, chiqindilarni boshqarish xizmatlari samaradorligini baholash va aniqlangan kamchiliklarning oldini olishga qaratilgan deputatlik nazoratining amaliy ifodasi bo‘ldi.

Slide 1 of 3