35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: PIYODALAR XAVFSIZLIGI E’TIBORDA
янв.21
📌 RO‘YAT MAHALLASIDA AMALIY ISHLAR NAZORATDA
янв.21
📌 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
📍 RO‘YAT MAHALLASIDA MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
🏘 🏘 AHOLI MUAMMOLARI — XONADONMA-XONADON O‘RGANILDI
янв.21
📌 MAHALLADA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
🏛 VILOYAT KENGASHI QARORI IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🏠 KO'CHAMA KO'CHA O'RGANISH:FUQAROLAR MUAMMOLARI — E’TIBOR VA NAZORATDA
янв.21
🏘️ KO'CHAMA KOCHA YURIB, EHTIYOJMAND OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
📌 ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA
Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari muhokama qilindi

Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Termiz tuman IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i, podpolkovnik Shukurov O‘ktam Berdimurotovichning ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.

Hisobot davomida tumanda jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishiga sabab bo‘luvchi omillarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, mahallalarda huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, aholi, ayniqsa, yoshlar bilan manzilli profilaktik tadbirlarni tashkil etish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishda mahalla va mas’ul tashkilotlar hamkorligini yanada kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Doimiy komissiya a’zolari tomonidan hisobot yuzasidan savollar berilib, mavjud muammolar, ularning sabab va yechimlari muhokama qilindi. Jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash va jamoat xavfsizligini mustahkamlash borasidagi ishlarni doimiy deputatlik nazoratida olib borish yuzasidan tegishli qarorlar belgilandi.

Slide 1 of 5