35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: PIYODALAR XAVFSIZLIGI E’TIBORDA
янв.21
📌 RO‘YAT MAHALLASIDA AMALIY ISHLAR NAZORATDA
янв.21
📌 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
🏘 🏘 AHOLI MUAMMOLARI — XONADONMA-XONADON O‘RGANILDI
янв.21
📍 RO‘YAT MAHALLASIDA MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
🏛 VILOYAT KENGASHI QARORI IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
📌 MAHALLADA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
🏠 KO'CHAMA KO'CHA O'RGANISH:FUQAROLAR MUAMMOLARI — E’TIBOR VA NAZORATDA
янв.21
🏘️ KO'CHAMA KOCHA YURIB, EHTIYOJMAND OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
📌 ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA
JAMOAT MUHOKAMASIDA QURIB QOLGAN DARAXT MASALASI KO‘RIB CHIQILDI

#Deputatlik_nazorati #partiya_guruhlari

JAMOAT MUHOKAMASIDA QURIB QOLGAN DARAXT MASALASI KO‘RIB CHIQILDI

🧠 Fuqarolar xavfsizligi, hudud obodonchiligi va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga alohida e’tibor qaratish maqsadida tumandagi Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi hududida qurib qolgan daraxtlarni olib tashlash masalasi yuzasidan jamoat muhokamasi o‘tkazildi.

💼 Unda O'zbekiston Ekologik partiyasining xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi deputatlik guruhi a'zolari, tuman deputatlari Abdullayeva Kimyo Adilovna va Djalolov Sanjar Gayratovich, hudud aholisi, mas’ul xodimlar hamda manfaatdor tomonlar ishtirok etdi. Muhokama davomida mazkur daraxtlarning holati, qurib qolgani hamda uning atrofdagi hududga ta’siri o‘rganildi.

💬 Ishtirokchilar daraxtlarning qurib qolishi natijasida fuqarolar xavfsizligiga, hudud obodonchiligiga va atrof-muhitga salbiy ta’sir yuzaga kelishi mumkinligini qayd etdilar. Shu munosabat bilan daraxtni tegishli tartibda olib tashlash masalasi muhokama qilindi. Jamoat muhokamasi yakunlariga ko‘ra, qurib qolgan daraxtlarni belgilangan tartibda olib tashlash taklifi jamoatchilik tomonidan ma’qullandi.

📈 Shu bilan birga, daraxtni kesish va olib tashlash ishlari tegishli vakolatli tashkilotlarning xulosasi hamda amaldagi qonunchilik va belgilangan tartib-qoidalar asosida amalga oshirilishi tavsiya etildi.

Slide 1 of 5