Новости

Последние новости

янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 📍 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI YANADA SAMARALI TASHKIL ETISH
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar Ekspert guruhi:
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 👥 SHTAB FAOLIYATI BILAN TANISHUV
янв.21
# YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI 🏛 PQ–387-son qarori ijrosi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 MAHALLALARNI KAMBAG‘ALLIK VA ISHSIZLIKDAN XOLI HUDUDGA AYLANTIRISH YO‘LIDA
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📢 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 🤝 DEPUTATLAR VA IJRO ORGANINING HAMKORLIGI
YANGI MAKTAB — YANGI ORZULAR VA YANGI IMKONIYATLAR!

Tadbirda Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati G. Absatova ishtirok etib, maktab jamoasi, ustozlar, o‘quvchilar hamda ota-onalarni yangi o‘quv yili boshlanishi bilan samimiy muborakbod etdi.
Yaqinda bunyod etilib, foydalanishga topshirilgan zamonaviy, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan yangi ta’lim maskani bugun ilk bor o‘z bag‘rini o‘quvchilarga keng ochdi. Ayniqsa, maktab ostonasidan ilk qadamlarini qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilarining quvonchi tadbirga yanada o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
Yuqori sinf o‘quvchilari esa yangi o‘quv yilini katta maqsad va ezgu niyatlar bilan qarshi oldilar.
Tantanali tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yangi o‘quv yili munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigi namoyish etilib, unda ta’lim va tarbiya, yosh avlod kelajagi hamda mamlakatimizda yaratilayotgan keng imkoniyatlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Bugungi kunda mamlakatimizda yosh avlodning sifatli ta’lim olishi, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun yaratilayotgan sharoitlar yangi maktab timsolida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Zero, zamonaviy maktab — zamonaviy bilim, yuksak maqsad va buyuk kelajak sari mustahkam poydevordir.
Yangi ta’lim maskanida ilk bor jaranglagan qo‘ng‘iroq sadosi barcha o‘quvchilarni yangi bilimlar sari chorlab, kelajakdagi ulkan marralar uchun dadil qadam bo‘ldi.
Yangi maktab — yangi imkoniyatlar maskani!
Yangi o‘quv yili — yangi bilimlar sari yangi qadam!
Bilimli va vatanparvar yoshlar — Yangi O‘zbekistonning porloq kelajagi!

Slide 1 of 3