Новости

Последние новости

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
Investitsiya dasturi doirasida qurib bitkazilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat U.Aripbayev tomonidan tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son qaroriga asosan tumanning “Chimboyliq” mahallasida 120 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilish ishlari o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida mazkur obyektda olib borilgan qurilish-montaj ishlarining holati, loyiha doirasida belgilangan vazifalarning bajarilishi hamda obyektni foydalanishga tayyorlash jarayoniga alohida e’tibor qaratildi. Ma’lum bo‘lishicha, maktabgacha ta’lim tashkiloti binosida asosiy qurilish ishlari to‘liq yakunlangan. Obyektda qurilish jarayonining asosiy bosqichlari bajarilib, binoni keyingi foydalanish jarayoniga tayyorlash ishlariga o‘tilgan.

🔺Ayni paytda obyekt hududida tozalash va obodonlashtirish ishlari qolgan. Jumladan, qurilish jarayonidan qolgan chiqindilarni olib chiqish, hududni tartibga keltirish, atrofini obodonlashtirish va bolalar uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan yakuniy ishlar amalga oshirilishi lozim. Deputat tomonidan obyektni foydalanishga topshirishdan oldin hududning sanitariya va obodonlashtirish holatiga, bolalar xavfsizligini ta’minlashga, kirish-chiqish yo‘laklari hamda atrof hududning tartibga keltirilishiga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

🔺Yangi 120 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkilotining ishga tushirilishi hududda maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish imkoniyatlarini kengaytirish, bolalar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish hamda ota-onalarning ushbu yo‘nalishdagi ehtiyojlarini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan qolgan tozalash va obodonlashtirish ishlarini sifatli yakunlash, obyekt hududini tartibga keltirish hamda uni foydalanishga tayyor holatga keltirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 9