Новости

Последние новости

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
MAHALLA FAOLIYATIDA QONUN USTUVORLIGI

MAHALLA FAOLIYATIDA QONUN USTUVORLIGI

Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi kotibiyat mudiri J. Hamroyev hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyat mudiri J. Hafizov Navoiy shahridagi Chinor mahallasida mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🤝 Uchrashuv davomida mahallada aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish masalalari muhokama qilindi.

📑 Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-350-son Qonuni mahalla faoliyatining huquqiy asoslarini belgilab, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish tizimini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

👥 Shuningdek, mahalla yettiligi faoliyatini samarali tashkil etish, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarni qiynayotgan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan fikr almashildi.

✅ Uchrashuv yakunida mahallada qonun hujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aholi bilan ochiq va samarali muloqotni kuchaytirish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3