Новости

Последние новости

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
24-TAVSIYA

Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 6-Qorasuv saylov okrugi deputati J. Raximqulov tomonidan hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash hamda tadbirkorlik va bandlik imkoniyatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Mazkur dastur doirasida 16 nafar fuqaro subsidiya olish uchun ariza topshirgani ma’lum bo‘ldi. Deputat tomonidan arizalarning belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi, fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatilishi va subsidiya ajratish jarayonlarining qonuniy hamda shaffof tashkil etilishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

O‘rganish jarayonida xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Choriyeva ham ishtirok etdi.

Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularning bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish orqali kambag‘allikni qisqartirish hamda aholi farovonligini yuksaltirishga ko‘maklashishdan iborat.

Slide 1 of 2