Новости

Последние новости

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
#Biriktirilgan tashkilot

Savdo-sanoat palatasi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari tomonidan Savdo-sanoat palatasining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish, mavjud tadbirkorlarning muammolarini aniqlash va ularni hal etishda ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak, shuningdek, tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, aholining bandligini ta’minlash hamda yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligiga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — hududda tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoit yaratish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashdan iborat.

Slide 1 of 1