Новости

Последние новости

янв.21
👨‍👩‍👧‍👦 IJTIMOIY REYESTRDAGI XONADONLARDA BANDLIK MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
🏫 40-SON MAKTAB FAOLIYATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO'CHAMA KO'CHA AHOLI MUAMMOLARI XONADONBAY O‘RGANILMOQDA
янв.21
📚 TA’LIMGA JALB ETISH — IJTIMOIY HIMOYANING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI TO'G'RISIDA
янв.21
🇺🇿 DAVLAT DASTURI DOIRASIDA 24/7 XIZMAT KO‘RSATISH LOYIHALARI O‘RGANILDI
янв.21
📊 KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MANZILLI YONDASHUV
янв.21
📊 XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH: SAMARADORLIK VA NATIJADORLIK
янв.21
⚡️ SESSIYA OLDI: TUMAN ETK RAHBARI HISOBOTI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
🏘 MFY RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova Yangi yo‘l mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-642-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni yaqindan o‘rgandi.

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova Yangi yo‘l mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-642-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni yaqindan o‘rgandi.

O‘rganish davomida mahallada yashovchi fuqarolarning bandligini ta’minlash, ishsiz qatlamni qisqartirish, ularni o‘quv kurslariga jalb qilish hamda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirish borasidagi chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi. Xususan, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan imtiyozlar, subsidiya va tadbirkorlikni boshlash uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlarning mazmun-mohiyati mahalliy aholiga yetkazildi.

Tuman Kengashi raisi D.Safarova mahalladagi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va ishsiz fuqarolar bilan yma-yuz muloqot qilib, ularning muammolarini tingladi. Muloqot natijasida ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish va kasanachilikka jalb etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Mahallada bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishidagi bunday amaliy o‘rganishlar boshqa mahallalarda ham davom ettirilishi rejalashtirilgan.