35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA RAISI FUQAROLAR MUROJAATINI O‘RGANDI
янв.21
📩 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
🗳 DEPUTATNI CHAQIRIB OLISH BO‘YICHA OVOZ BERISH TARTIBI
янв.21
🗳 OVOZ BERISH QONUN TALABLARI ASOSIDA O‘TKAZILADI
янв.21
🗳 DEPUTATNI CHAQIRIB OLISH JARAYONIDA OVOZ BERISH QANDAY TASHKIL ETILADI?
янв.21
🗳 SAYLOVCHILAR RO‘YXATI BILAN QACHON TANISHISH MUMKIN?
янв.21
🏦 KREDIT IMKONIYATLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — OILALAR DAROMADINI OSHIRISH YO‘LIDA
янв.21
🏘 AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISH, BANDLIKNI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MUHIM VAZIFA
янв.21
📊 AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARINI JOYIDA O‘RGANISH VA YECHIM TOPISH
Navbatdagi sessiya oldi o'rganishi Kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 12-Qodiriy saylov okrugi deputati Qo‘ziyeva Shoira tomonidan Sharq guli mahallasida joylashgan 27-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Nazorat tadbiri davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, mavjud jihoz va inventarlardan foydalanish holati hamda muassasaning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi.

Shuningdek, aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ta’lim-tarbiya sifatini yanada oshirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur nazorat-tahlil tadbirida xalq deputatlari Angor tumani Kengashi Kotibiyati mudiri ham ishtirok etib, muassasadagi mavjud holatlarni birgalikda o‘rgandi.

Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun munosib sharoitlar yaratish, ta’lim sifati va xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash hamda aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 8