35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🛣 Yo‘l va ko‘prikning holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi — amalda
янв.21
🏛 Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ko‘rsatilgan amaliy yordam o‘rganildi
янв.21
👩‍💼 Mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ajratilgan mablag‘dan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari ko‘chama-ko‘cha yurish orqali o‘rganildi
янв.21
🏛 Tibbiy xizmatga muhtoj oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🟢 XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING 29-SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN DEPUTAT MUNOSABATI
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🎓 Yangi o‘quv yili — yangi marralar sari ilk qadam!

Bugun yurtimizdagi barcha ta’lim maskanlarida bo‘lgani kabi, Sherobod tumanidagi 65-sonli umumta’lim maktabida ham 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov faol ishtirok etib, o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalarni yangi o‘quv yili boshlanishi bilan samimiy muborakbod etdi.

Tantanali tadbirda so‘zga chiqqanlar yosh avlodga sifatli ta’lim-tarbiya berish, ularning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, kelajakda Vatanga munosib farzandlar bo‘lib voyaga yetishida ta’lim maskanlarining muhim o‘rniga alohida to‘xtaldilar.

Ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilarining hayajonli onlari tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Ularning qo‘llaridagi ilk kitoblari, yuzlaridagi beg‘ubor tabassum va qalblaridagi orzular yangi o‘quv yilining unutilmas lahzalariga aylandi.

🌟 Aziz o‘quvchilar! Sizlarni yangi o‘quv yili bilan muborakbod etamiz! Ilm olish yo‘lidagi har bir qadamingiz muvaffaqiyatli, orzu va maqsadlaringiz ulkan zafarlar bilan hamohang bo‘lsin!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3