35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Kengash qarori ijrosi — amalda
янв.21
🛣 Yo‘l va ko‘prikning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ko‘rsatilgan amaliy yordam o‘rganildi
янв.21
👩‍💼 Mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ajratilgan mablag‘dan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari ko‘chama-ko‘cha yurish orqali o‘rganildi
янв.21
🏛 Tibbiy xizmatga muhtoj oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🟢 XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING 29-SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN DEPUTAT MUNOSABATI
BIRINCHI QO‘NG‘IROQ — YANGI O‘QUV YILI, YANGI ORZULAR!

#bilimlar_kuni #Uchtepa_deputatlari #tabrik #Birinchi_qongiroq #yangi_oquv_yili #Talim #74_maktab

BIRINCHI QO‘NG‘IROQ — YANGI O‘QUV YILI, YANGI ORZULAR!

🔔 74-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyat va o‘zgacha tantanavor ruhda bo‘lib o‘tdi.

🖥 Tadbirda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlari Dusmuxamedova Saodat Maxirdjanovna, Xamitova Galina Gennadyevna hamda faollar ishtirok etib, maktab jamoasi, ustozlar, o‘quvchilar hamda ota-onalarni yangi o‘quv yili boshlanishi bilan samimiy muborakbod etdilar.

🗣 Tadbir davomida deputatlar o‘z tabrik so‘zlarida mamlakatimizda ta’lim sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor, yosh avlod uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, zamonaviy bilimlarni egallash va yoshlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish muhim ekanini alohida ta’kidladilar.

📈 Ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan 1-sinf o‘quvchilariga ezgu tilaklar bildirilib, ularga yangi bilimlar olamida muvaffaqiyat va zafarlar tilandi.

📇 Tadbir davomida o‘quvchilarning she’rlari, kuy-qo‘shiqlari va sahna chiqishlari bayramga yanada fayz bag‘ishladi. Ilk qo‘ng‘iroq sadosi esa barcha ishtirokchilarga yangi o‘quv yilining boshlanishidan darak berdi. Yangi o‘quv yili barcha o‘quvchilarimiz uchun yangi bilimlar, ulkan marralar va yorqin yutuqlar yili bo‘lsin!

📖 Zero, bilimli va ma’rifatli avlod — yurtimizning eng katta boyligi va kelajagimizning mustahkam poydevoridir!

Slide 1 of 7