35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
DEPUTATLIK SOʻROVI IJOBIY ECHIM TOPDI 💧✅
янв.21
🏛 VILOYAT KENGASHI QARORI IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🏘 Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holati o‘rganildi
янв.21
Shovot tumani Xalq deputatlari Kengashining reglamenti
янв.21
🚀 “Kelajak” markazi: yoshlar uchun yangi imkoniyatlar sari
янв.21
📍 Sessiya oldidan aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
📍 Ipakchi mahallasida aholi muammolari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
🛣 Mevazor mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
📍 Gulshan mahallasida qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💧 Ko‘chama-ko‘cha yurib, ichimlik suvi ta’minoti o‘rganilmoqda
41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi

#sessiya_kun_tartibidagi_masala #24_ta_tavsiya #doimiy_komissiya_faoliyati
#nazorat_tahlil #kotibiyat_mudiri_faoliyati

41-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 14-Qishloqozon saylov okrugidan deputat J.Xudoyqulovaning saylov okrugidagi 41-umumta’lim maktabida tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda tuman Kengashi deputati - tuman Kengashining mahalliy budjet tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo'yicha doimiy komissiyasi raisi o'rinbosari N.Alimov tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan maktabdagi mavjud holat, amalga oshirilayotgan ishlar va muammolar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ham atroflicha o‘rganilib, maktab binosi, sinfxonalar, mavjud shart-sharoitlar, obodonlashtirish va ta’mirlash ishlari holatiga e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida belgilangan 24 ta tavsiya asosida maktabdagi holat tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda yangi o‘quv yilini munosib kutib olish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4