35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
DEPUTATLIK SOʻROVI IJOBIY ECHIM TOPDI 💧✅
янв.21
🏛 VILOYAT KENGASHI QARORI IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🏘 Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holati o‘rganildi
янв.21
Shovot tumani Xalq deputatlari Kengashining reglamenti
янв.21
🚀 “Kelajak” markazi: yoshlar uchun yangi imkoniyatlar sari
янв.21
📍 Ipakchi mahallasida aholi muammolari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
📍 Sessiya oldidan aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
🛣 Mevazor mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
📍 Gulshan mahallasida qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💧 Ko‘chama-ko‘cha yurib, ichimlik suvi ta’minoti o‘rganilmoqda
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Aynashova tumanning “Bog‘chaovul” mahallasiga biriktirilgan hokim yordamchisi S.Abdurazakovning aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbaiga ega qilish hamda aholiga mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga ko‘maklashish borasida olib borayotgan ishlari o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida mahalladagi mehnatga layoqatli aholining bandlik holati, ishsiz fuqarolar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar, ularni ishga joylashtirish va daromadli mehnatga jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga e’tibor qaratildi. Xususan, hokim yordamchisi tomonidan xonadonbay o‘rganishlar asosida ishsiz va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan fuqarolarni aniqlash, ularning kasb va qiziqishlarini o‘rganish hamda mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar olib borilayotgani ko‘rib chiqildi.

🔺Aholini band qilishda doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish bilan bir qatorda, fuqarolarni o‘zini o‘zi band qilish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va xonadonlarda qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish imkoniyatlaridan foydalanish muhimligi ta’kidlandi. Deputat tomonidan hokim yordamchisiga mahalladagi har bir ishsiz fuqaro bilan manzilli ishlash, ularning imkoniyat va ehtiyojlaridan kelib chiqib aniq yechim taklif etish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va kasbga o‘qitish imkoniyatlari haqida aholiga keng tushuntirish berish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1