35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
DEPUTATLIK SOʻROVI IJOBIY ECHIM TOPDI 💧✅
янв.21
🏘 Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holati o‘rganildi
янв.21
🏛 VILOYAT KENGASHI QARORI IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Shovot tumani Xalq deputatlari Kengashining reglamenti
янв.21
🚀 “Kelajak” markazi: yoshlar uchun yangi imkoniyatlar sari
янв.21
📍 Sessiya oldidan aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
📍 Ipakchi mahallasida aholi muammolari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
🛣 Mevazor mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
📍 Gulshan mahallasida qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💧 Ko‘chama-ko‘cha yurib, ichimlik suvi ta’minoti o‘rganilmoqda
DEPUTAT BOSHCHILIGIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI

Andijon pedagogika texnikumi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan hamda “Dolzarb 90 kunlik” doirasida Andijon pedagogika texnikumi hududida obodonlashtirish va tozalash ishlari olib borilmoqda.

Mazkur jarayon Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dilafruz Qurbonova boshchiligida tashkil etilib, ta’lim muassasasi hududini obodonlashtirish, mavjud yashil maydonlarni tartibga keltirish, daraxt va gulzorlarni parvarishlash hamda sanitariya-tozalik holatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, hududning umumiy ko‘rinishini yanada yaxshilash, o‘quvchilar uchun qulay va ozoda muhit yaratish maqsadida tegishli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Bunday obodonlashtirish ishlari hududlarni yanada ko‘rkamlashtirish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda yoshlar uchun munosib ta’lim muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3