35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
DEPUTATLIK SOʻROVI IJOBIY ECHIM TOPDI 💧✅
янв.21
🏛 VILOYAT KENGASHI QARORI IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🏘 Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holati o‘rganildi
янв.21
Shovot tumani Xalq deputatlari Kengashining reglamenti
янв.21
🚀 “Kelajak” markazi: yoshlar uchun yangi imkoniyatlar sari
янв.21
📍 Sessiya oldidan aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
📍 Ipakchi mahallasida aholi muammolari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
🛣 Mevazor mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
📍 Gulshan mahallasida qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💧 Ko‘chama-ko‘cha yurib, ichimlik suvi ta’minoti o‘rganilmoqda
Kengash qarori ijrosi nazorat ostida: Navbahor mahallasida ichki yo‘llar asfaltlandi

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining 2026-yil 7-iyuldagi III-22-65-14-204-K/26-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Chilonzor tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan hududlarda obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
“Xalq nazorati va aholi murojaatlari” platformasi orqali Chilonzor tumani fuqarolaridan ichki yo‘llarni ta’mirlash yuzasidan jami 79 ta murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlar o‘rganilib, tahlil qilinganidan so‘ng, jami 10 924 kv.m hajmdagi ichki yo‘llarni asfalt qoplamasi bilan ta’minlash uchun 726 mln so‘m mablag‘ ajratilgan edi.
Ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi, shuningdek, ta’mirlash ishlarining belgilangan talablar asosida bajarilishi ustidan Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Murotova Lola Ne'matjon qizi tomonidan nazorat olib borildi.
Qaror ijrosi doirasida fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar asosida Guliston mahallasidagi ko‘chada asfaltlashtirish ishlari yakunlanib, yo‘l asfalt qoplamasi bilan ta’minlandi. Mazkur ishlarning borishi deputat tomonidan joyiga chiqib o‘rganilib, asfaltlashtirish jarayoni nazorat qilindi.
Amalga oshirilgan mazkur ishlar natijasida hududdagi yo‘l infratuzilmasining holati yaxshilanib, aholining xavfsiz va qulay harakatlanishi uchun yanada yaxshi sharoit yaratildi. Bu kabi amaliy ishlar hudud infratuzilmasini rivojlantirish va mahallalar obodonligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4