35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🧵 QONUN IJROSI,OILAVIY TADBIRKORLIK — BANDLIK VA FAROVONLIK GAROVI
янв.21
📊 DEPUTATLIK NAZORATI: IJTIMOIY-IQTISODIY LOYIHALAR IJROSI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🏘 AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH: AHOLI MUAMMOLARIGA MANZILLI E’TIBOR
янв.21
✅ XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI DEPUTATI
янв.21
🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA EHTIYOJMAND OILALARDAN XABAR OLINDI
янв.21
🎯 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📊 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI TOMONIDAN 17–21-AVGUST KUNLARI AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR HAFTALIK DAYJESTI
янв.21
📋 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
🎒 Ehtiyojmand oilalar farzandlariga maktab formasi topshirildi
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati N.Shomatov tomonidan fuqaro murojaati asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar va qabullar davomida Qo‘qon shahar “Davronbek” mahalla fuqarolar yig‘ini Burchilik ko‘chasi 2/54-uyda yashovchi fuqaro Mahmudova Muslima turmush o‘rtog‘i bilan nikohini qonuniy tartibda rasmiylashtirish masalasida amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Murojaatda oilaviy munosabatlarni qonuniy asosda tartibga solish hamda nikohni belgilangan tartibda rasmiylashtirishda amaliy ko‘mak berilishi so‘ralgan.

Shu munosabat bilan deputat tomonidan Qo‘qon shahar hokimi o‘rinbosari N.Ergashevaga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida:
Qo‘qon shahar “Davronbek” mahalla fuqarolar yig‘ini Burchilik ko‘chasi 2/54-uyda yashovchi fuqaro Mahmudova Muslimaning turmush o‘rtog‘i bilan nikohini qonuniy tartibda rasmiylashtirishda belgilangan tartibga ko‘ra qanday chora-tadbirlar amalga oshirilishi mumkinligi;
Fuqaro Mahmudova Muslimaning nikohini qonuniy tartibda rasmiylashtirilishi masalasida shahar FXDYo bo‘limi bilan birgalikda amaliy yordam berilishi hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan qonunda belgilangan tartibda ma’lumot taqdim etilishi so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, deputatlik so‘roviga qonunchilikda belgilangan tartibda javob taqdim etilishi va murojaat yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2