35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati faoliyati
янв.21
🏛 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI
янв.21
🎼 MADANIY FAOLIYAT VA MADANIYAT TASHKILOTLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
🇺🇿 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
янв.21
🏘 Kengash qarori asosida byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
🏭 “Lazizbek Madinabonu” MChJ faoliyati o‘rganildi
янв.21
🛡 Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
📈 PQ-49-son qarori ijrosi: Yangi O‘zbekiston mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
👥 Yoshlar maslahat guruhi: Yangi O‘zbekiston mahallasida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar o‘rganildi
Deputatlik so‘rovi yuborildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 12-Qodiriy saylov okrugi deputati Qo‘ziyeva Shoira tomonidan fuqarolar qabuli davomida kelib tushgan murojaatlar o‘rganilib, aholini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan tabiiy gaz ta’minotida bosimning pastligi sababli xonadonlarda gazdan to‘laqonli foydalanishda qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani haqida murojaat bildirildi.

Mazkur masala deputat tomonidan o‘rganilib, fuqarolarning murojaati e’tiborsiz qoldirilmasdan, muammoni bartaraf etish hamda hududda gaz ta’minoti barqarorligini ta’minlash maqsadida mas’ul tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida mavjud muammoning sabablarini aniqlash, gaz bosimini me’yorlashtirish va aholi uchun qulay hamda barqaror gaz ta’minotini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.

Deputat fuqarolar murojaatlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni qiynayotgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2