Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 tavsiya asosida amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Baxtiyorjon Turdiyevning saylov okrugidagi “To‘qqizariq” MFYda ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Yusupov tomonidan o‘rganildi.
2026-yilning o‘tgan davrida “Ijtimoiy reestr”da turuvchi fuqarolarga quyidagi yordamlar ko‘rsatilgan:
19 nafar maktab yoshidagi bolaga kiyim-kechak;
35 nafar fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari;
4 nafar maktab yoshidagi bola inklyuziv ta’limga jalb qilingan;
5 ta ehtiyojmand oilaning uy-joyi ta’mirlangan;
25 nafar 80 yoshga to‘lgan keksaga qarab turish xizmati biriktirilgan.
Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ehtiyojmand oilalarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish deputatlar faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.