35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati faoliyati
янв.21
🎼 MADANIY FAOLIYAT VA MADANIYAT TASHKILOTLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI
янв.21
🇺🇿 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
янв.21
🏘 Kengash qarori asosida byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
🏭 “Lazizbek Madinabonu” MChJ faoliyati o‘rganildi
янв.21
🛡 Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
📈 PQ-49-son qarori ijrosi: Yangi O‘zbekiston mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
👥 Yoshlar maslahat guruhi: Yangi O‘zbekiston mahallasida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar o‘rganildi
Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "6-Zafarobod" saylov okrugi deputati M.Ergashev, Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdulayev hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi A.Ismoilov tomonidan "Zafarobod" mahalla fuqarolar yig‘inida profilaktika inspektorining xizmat faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla profilaktika inspektori A.Mamasiddiqovning 2026-yilning 6 oyi davomida amalga oshirgan ishlari atroflicha tahlil qilindi. Jumladan, hududdagi kriminogen vaziyat, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, profilaktik tadbirlarning samaradorligi hamda jamoat xavfsizligini ta'minlash borasida olib borilgan ishlar muhokama qilindi.

Hisobot davrida mahalla hududida biror marotaba ham jinoyat sodir etilmaganligi va hudud "yashil" toifada ekanligi alohida qayd etildi.

O‘rganish yakunida mahalla hududida huquqbuzarliklar profilaktikasini yanada kuchaytirish, aholi bilan manzilli ishlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4