35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Ma’naviyat mahallasidagi chiqindi muammosi yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi

 O‘rganishlar davomida Ma’naviyat mahallasi hududida maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmayotgani, natijada aholi uchun noqulayliklar yuzaga kelayotgani aniqlandi.

Mazkur muammoni bartaraf etish hamda hududning sanitariya holatini yaxshilash maqsadida Xorazm viloyati “Toza hudud” DUK Bog‘ot tumani filiali boshlig‘i T.Razzoqov nomiga deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovida chiqindilarni belgilangan jadval asosida o‘z vaqtida olib ketish, hududning tozaligini ta’minlash hamda aholi murojaatiga amaliy yechim topish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish so‘ralgan.

Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va hududlardagi dolzarb muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.