35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

🚧 Kanalizatsiya va ichimlik suvi tarmoqlari qurilishi o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Abdisadikov Yusupbay Axmetjanovich “Yoshlar maslahat guruhi” a’zosi T. Daryabaev bilan birgalikda “Obod makon” MFY hududida amalga oshirilayotgan kanalizatsiya va ichimlik suvi quvurlarini qurish ishlarini joyiga chiqib o‘rgandi.

🔍 O‘rganish davomida qurilish ishlarining belgilangan talablar asosida olib borilishi, bajarilayotgan ishlarning sifati hamda obyektni kelgusida foydalanishga qabul qilib olish masalalari muhokama qilindi.

🤝 Qurilishga mas’ul tuman hokimi o‘rinbosari bilan ishlarni sifatli va belgilangan talablar asosida yakunlash yuzasidan fikr almashildi.

📌 Bunday o‘rganishlar muhim infratuzilma obyektlarida ishlarning sifatli bajarilishi va aholi manfaatlarining ta’minlanishiga e’tibor qaratish imkonini beradi.

Slide 1 of 3