#162_qonun
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 24-Do‘stlarobod saylov okrugidan saylangan deputati U. Omonov tomonidan hududdagi ichimlik suvi ta’minoti va mavjud tarmoqlarning ta’mirlash holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida ichimlik suvi tarmoqlarining amaldagi holati ko‘zdan kechirilib, “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi O‘RQ-784-son Qonun talablari asosida aholiga sifatli va uzluksiz ichimlik suvi yetkazib berish masalalariga e’tibor qaratildi.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish va ta’mirlash ishlarini sifatli yakunlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|