35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Mahalladagi dolzarb muammolar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati M.Xasamiddinov Oqbuloq mahallasida mahalla yettiligi hamda biriktirilgan mas’ul tashkilotlar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mahalla hududidagi mavjud holat, aholini qiynayotgan dolzarb muammolar va ularni bartaraf etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalar, hududda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar hamda mavjud muammolarga amaliy yechim topish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.

Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, ijrosini nazoratga olish hamda aholi manfaatlarini ta’minlash yuzasidan kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Mahalla muammolari — hamkorlik va amaliy yechimlar asosida!

Slide 1 of 2