Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati F.Xolmurotova Xovuzak mahallasida kredit mablag‘lari hisobidan issiqxona tashkil etgan xonadonlar faoliyati bilan tanishdi.
🔎 O‘rganish davomida issiqxona xo‘jaligini yo‘lga qo‘ygan xonadonlarda ish jarayoni, yetishtirilayotgan mahsulotlar, daromad manbalari hamda kredit mablag‘laridan samarali foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.
🍅 Xonadon sohiblari issiqxonadan unumli foydalanib, yiliga 3 marta hosil olayotgani ma’lum bo‘ldi.
Har bir mavsumda o‘rtacha 4 ming AQSH dollari miqdorida daromad olinayotgan bo‘lib, ikki mavsumdagi daromad 8 ming dollargacha yetayotgani qayd etildi.
💼 Bunday issiqxona xo‘jaliklari aholi bandligini ta’minlash, oilaviy daromadlarni oshirish va kredit mablag‘laridan samarali foydalanishning amaliy namunasi bo‘lib xizmat qilmoqda.