24 talik yo‘nalish bo‘yicha Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holatini o‘rganish davom etmoqda.
Joriy yilning 14 avgust kuni 22-Bo‘ston saylov okrugidan XDPdan saylangan deputat X.Sulaymonov Bo‘ston MFYda joylashgan 7-Oilaviy poliklinika katta xamshirasi N.Saloxiddinova bilan bepul beriladigan dorilar holati o‘rganildi.
O‘rganishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 382-sonli qarori bilan poliklinikada bepul dorilar 38 turdagi, tibbiyot anjomlari 22 turdagi mavjud bo‘lib aholiga xodimlar tomonidan ushbu dorilar tekinga tarqatilishi ma’lum bo‘ldi