35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati faoliyati
янв.21
🎼 MADANIY FAOLIYAT VA MADANIYAT TASHKILOTLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI
янв.21
🇺🇿 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
янв.21
🏘 Kengash qarori asosida byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
🏭 “Lazizbek Madinabonu” MChJ faoliyati o‘rganildi
янв.21
🛡 Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
📈 PQ-49-son qarori ijrosi: Yangi O‘zbekiston mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
👥 Yoshlar maslahat guruhi: Yangi O‘zbekiston mahallasida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar o‘rganildi
Aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyadan saylangan deputat Y.Narbekov tomonidan tumanning “Aydarali” mahallasi aholisining sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlanish, mavjud suv ta’minoti infratuzilmalarining texnik holati hamda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalar yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi.

🔺O‘rganish davomida mahalladagi ichimlik suvi tarmoqlari va suv ta’minoti inshootlarining holati ko‘zdan kechirilib, aholini suv bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan suv minorasining texnik sozligiga alohida e’tibor qaratildi.

🔺Aniqlanishicha ichimlik suvi inshootining atrofi to‘silmagan, inshoot elektr energiyasi ta’minotiga ulanmagan, hisoblagichlar o‘rnatilmagan, ichimlik suvini tozalovchi filtrlar o‘rnatilmagan, nasoslar uchun yordamchi binolar qurilmagan. Shu bilan birga, inshootdan ichimlik suvini yetarli miqdorda aholiga yetkazib berish uchun 3000 m uzunlikda 76 mm diametr o‘lchamdagi suv quvurlari talab etilishi ma’lum qilindi.

🔺Suv inshooti nosoz ahvolda bo‘lganligi sababli, aholi kanal suvini iste’mol qilib kelayotganligini, shu sababdan fuqarolar suvining ta’mi, rangi, hidi, tozaligi hamda ayrim vaqtlarda ta’minotida kuzatilayotgan muammolar bo‘yicha e’tirozlar bildirdilar. Aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish, suv minorasi va tarmoqlarni muntazam texnik nazoratdan o‘tkazish, ichimlik suvi sifati bo‘yicha aholi murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3